Bilim Hack

Ishonchli router qanday tanlanadi – uy va ofis uchun oddiy maslahatlar

Internet sekin ishlayaptimi?

Wi-Fi signali yotoqxonagacha yetib bormayaptimi? Balki routerni yangilash vaqti kelgandir.

Quyidagi maslahatlarga e’tibor bering: 

  1. Chastota diapazoni Ikki diapazonli modellardan foydalaning: 2.4 GHz + 5 GHz. 2.4 GHz – barqarorlik uchun, 5 GHz – yuqori tezlik uchun.
  2. Tezlik va standartlar Wi-Fi 5 (AC) yoki Wi-Fi 6 (AX) ni qo‘llab-quvvatlaydigan modellarni tanlang – ular bir nechta qurilma ulanayotganida ham tezlikni saqlab qoladi.
  3. Qamrov zonasi 70 m² gacha bo‘lgan xonadonlar uchun oddiy router yetarli. Xususiy uy yoki katta ofislar uchun kuchli antennali modellar yoki Mesh tizimlarni tanlang.
  4. Brend va sharhlar Ishonchli brendlar: TP-Link, ASUS, MikroTik, Xiaomi, Mercusys, VSOL. Foydalanuvchi fikrlarini o‘qing – ular reklamalardan ko‘ra ishonchliroq.
  5. Xavfsizlik funksiyalari Router WPA3 xavfsizlik protokolini qo‘llab-quvvatlashi, ichki xavfsizlik devoriga (firewall) ega bo‘lishi va dasturiy ta’minotini yangilash mumkin bo‘lishi kerak.

Bonus: Agar routerda mobil ilova bo‘lsa – uni telefondan boshqarish oson va qulay

← Назад