WORK AND TRAVEL — O'zbekiston talabalari uchun hayot maktabi
WORK AND TRAVEL — O'zbekiston talabalari uchun hayot maktabi
Yozgi ta’tilda ofisiant bo‘lib ishlashdan zerkib qoldingizmi? Har yili minglab o‘zbek talabalari AQShga borib ishlaydi: kimdir ofitsiant, kimdir qutqaruvchi, boshqasi esa muzqaymoq sotadi. Nega aynan bu dastur?
⏩ Chunki bu tajriba, yangi do‘stlar va mustaqil hayotga tayyorgarlik!
To‘rt oy davomida ingliz tilida ravon so‘zlashib, yangi joylarni ko‘rasiz va o‘zingizga ishonch hosil qilasiz.
Work and Travel — bu hayot maktabidir. Bir marta borib kelganlar har yili qaytib borishni xohlaydi.
Kim va qanday ishtirok etishi mumkin?
✅ Kunduzgi ta’lim talabalari (bakalavr, kollej)
✅ Yoshi odatda 18–23 yosh (25 yoshgacha — homiyga qarab)
✅ Ingliz tili suhbat darajasida bo‘lishi kerak
✅ Yozdan keyin o‘qishni davom ettirishi shart (viza olish uchun muhim)
📌 1-qadam. Agentlik yoki homiy tanlash
Siz lokal ishonchli agentlikka murojaat qilishingiz mumkin yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQShdagi homiy bilan ishlashingiz mumkin:
• Rasmiy sponsorlar ro‘yxati (https://j1visa.state.gov/participants/how-to-apply/sponsor-search/)
• Global Friends Uzbekistan (https://workandtravel.uz/)
• CIEE USA (https://www.ciee.org/in-the-usa/work/work-travel-usa)
• KCET Qozog‘iston (https://kcet.kz/programs/work-and-travel-usa/)
📌 2-qadam. Ingliz tilida suhbatdan o‘tish va shartnoma tuzish
Agentlik sizning til darajangizni tekshiradi va sizni dasturga tayyorlaydi.
📌 3-qadam. Homiy orqali ish topish
Kafe, mehmonxona, park yoki savdo do'konida ish. "Job offer" imzolanadi.
📌 4-qadam. To‘lov (odatda $2500–$3500):
• Agentlik va homiylik xizmatlari
• Sog'liqni saqlash sug‘urtasi
• SEVIS to‘lovi
• Viza yig‘imi
• Aviachipta (bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi)
📌 5-qadam. J-1 vizasini olish
Suhbat odatda AQShning Toshkentdagi elchixonasida o‘tkaziladi.
📌 6-qadam. AQShga uchish va ish boshlash
Safar odatda maydan sentyabrgacha. Ish — 3 oy, undan so‘ng 1 oy sayohat qilish mumkin.
💸 Borishga arziydimi?
Daromad — $3000–$5000 va undan yuqori.
Ammo eng muhimi pul emas, balki tajribaning o‘zi:
🌍 til, 🌐 do‘stlar, 🧠 taraqqiyot, 🚀 erkinlik.
⚠️ Muhim tavsiyalar:
🔸 Shartnomani imzolashdan oldin hech qanday to‘lovlarni amalga oshirmang.
🔸 Hech ikkilanmay litsenziya va hujjatlarni so'rang.
🔸 Savol berish sizning huquqingiz.