Android Yevropada iOS’ga o‘xshab cheklanmoqda
Yevropa Ittifoqida kuchga kirgan yangi qonun ochiq Android tizimini iOS’ning cheklangan nusxasiga aylantirmoqda.
Endi Yevropadagi Android-smartfonlar yopiqligi bilan ajralib turadi — foydalanuvchi qurilmaning dasturiy ta’minotini to‘liq boshqara olmaydi, har qanday tizim o‘zgarishlari qat’iyan taqiqlanadi.
Bu nima degani:
— Yuklovchini ochish endi taqiqlanadi: Uchinchi tomon dasturlari, modlar, maxsus firmware’lar yoki alternativ operatsion tizimlarni o‘rnatish mumkin emas. Ishlab chiqaruvchilar Secure Boot va tizim kodini imzolash orqali bunga yo‘l qo‘ymasligi shart;
— Root-huquqlar endi mavjud emas: Root tizim xavfsizlik modelini buzadi va tizim ishlashiga aralashishga imkon beradi. Endilikda root qilish mumkin emas — shuningdek, root talab qiladigan ilovalar ham ishlamaydi;
— Ilgari o‘rnatilgan tizimga qaytish (firmware rollback) endi mumkin emas: Hatto rasmiy versiyalarga ham tizimni “pastga tushirish” bloklangan;
Shuningdek, xavfsizlikni bahona qilib, ishlab chiqaruvchilar APK fayllar orqali uchinchi tomon ilovalarini o‘rnatishni ham taqiqlashi mumkin.
Samsung yuklovchini ochish imkoniyatini allaqachon o‘chirib qo‘ydi. Tez orada boshqa kompaniyalar ham bu yo‘ldan boradi.