Bilim Hack

AI hujayralarning yosharishini 50 baravar tezlashtirishga yordam berdi

AI hujayralarning yosharishini 50 baravar tezlashtirishga yordam berdi.

Organizmimizda “Yamanaka omillari” deb ataluvchi to‘rt xil oqsil mavjud. Ular faollashganda qarigan hujayralarni yosh ildiz hujayralarga aylantira oladi. Bunday hujayralar istalgan to‘qimani hosil qilishi mumkin, ya’ni qarilikka qarshi kuchli vosita sifatida ishlatilishi ehtimoli bor.

O‘zi bu oqsillar deyarli faol emas, shuning uchun tabiiy “yosharish” sezilmaydi. Lekin ularni sun’iy ravishda hujayraga kiritib, “yoshini qaytarish” mumkin. Muammo shundaki, klassik usul juda sekin va samaradorligi past ishlaydi.

Shuning uchun OpenAI “GPT-4b micro” modelini yaratdi. U oqsillar haqidagi biotibbiy ma’lumotlarda o‘qitildi va Yamanaka omillarining yangi versiyalarini qayta loyihalab berdi. Natijada samaradorlik 50 martadan ortiq oshdi. Shu sababli keksalardan olingan hujayralar tezda “yosh” holatga qaytdi, ya’ni vaqt hujayra darajasida ortga qayrildi.

Bundan tashqari, bunday hujayralar DNK shikastlangandan keyin uni tiklashda ham ancha yaxshi natija ko‘rsatdi. Bu yosharuvchi ta’sirning yana bir belgisi.

Olimlar buni regenerativ tibbiyotdagi yirik yutuq, shuningdek, kelajakda qarilik kasalliklarini davolash va organizmni yoshartirish yo‘lidagi qadam deb atashmoqda.

Ko‘rinadiki, endi qarilikni haqiqatan ham ortga qaytarish mumkin bo‘lishi aniq.

← Назад