Bilim Hack

Xitoyda 19 yoshli yigit ko‘kragidan past qismi to‘liq falaj bo‘lib qoldi

Xitoyda 19 yoshli yigit ko‘kragidan past qismi to‘liq falaj bo‘lib qoldi. Bunga u tez-tez boshini oldinga egib, telefon ekraniga uzoq tikilib o‘tirgani sabab bo‘lgan.

Boshning doimiy egilgan holati umurtqa pog‘onasidagi qon tomirlariga kuchli bosim tushirishini keltirib chiqargan, natijada bo‘yin qismida tromb (qon quyqasi) hosil bo‘lgan. Bu quyqa orqa miyani siqib qo‘yib, o‘tkir falajga olib kelgan.

Avvaliga bo‘yin, qo‘l va oyoqlari uvishib qoldi, keyin esa butun tanasi falaj bo‘ldi. U uyg‘onganda harakat qila olmadi.

Zudlik bilan o‘tkazilgan operatsiya tufayli tromb olib tashlandi, hozir yigit harakatini tiklash ustida ishlamoqda.

← Назад