Uy Wi-Fi signali “yurakni eshitadi”
Eng qiziqarli jihatlar:
- dastlabki 5 soniyada o‘rtacha xato taxminan 0,5 urish/min
- 3 metrgacha masofada ishlaydi
- 118 kishi va 17 xil tana holatida, hatto yurganda ham sinovdan o‘tkazilgan
- 5–10 dollarlik ESP32 va Raspberry Pi bilan namoyish qilingan
Bu qanday ishlaydi o‘zi
Wi-Fi to‘lqinlari xonani to‘ldiradi. Ko‘krak qafasi va tomir devorlarining juda mayda tebranishlari qaytgan signalni biroz o‘zgartiradi. Mashina o‘rganishi shu tebranishlarni shovqinlardan ajratib oladi.
Bu texnologiya nima uchun foydali bo’lishi mumkin?
- uyda qulay sog‘liq kuzatuvi, qurilma taqmasdan
- nafas olish tezligi va uyqudagi apnoe belgilarini ko‘rish
- keksa insonlar yoki xavf guruhi uchun xotirjamlik
- bolalar uyqusini kuzatish uchun qulay yechim
- resursi kam klinikalar, qariyalar uylari va reabilitatsiya markazlari uchun arzon texnologiya
Bir og‘iz eslatma
Bu tizim puls va nafasni o‘lchaydi, lekin tashxis qo‘ymaydi.
Manba: UC Santa Cruz, Pulse-Fi, 2-sentabr 2025.