Energetik ichimliklar o‘z joniga qasdga moyillikni oshiradi, kofe esa aksincha himoya qilishi mumkin, degan xulosaga kel
Energetik ichimliklar o‘z joniga qasdga moyillikni oshiradi, kofe esa aksincha himoya qilishi mumkin, degan xulosaga kelgan tadqiqot.
1,5 million kishini qamrab olgan yirik meta-tahlilda oyiga 60 piyoladan ko‘proq kofe ichadigan odamlarda o‘z joniga qasd qilishga urinishlar 30% ga kamroq ekani ko‘rsatildi. Biroq energetik ichimliklarni hatto eng kam miqdorda iste’mol qilish (oyiga atigi 1 banka) ham o‘z joniga qasd haqidagi fikrlar xavfini oshirgan, yuqori dozada esa bu xavf uch baravar ko‘paygan.
Olimlarning aytishicha, kofe antioksidant xususiyatlarga ega, mikrobiomga ijobiy ta’sir qiladi va mo‘‘tadil stimulyator bo‘lib xizmat qiladi. Shu omillar depressiyadan ma’lum darajada himoya qilishi mumkin.
Energetik ichimliklarda esa nafaqat kofein, balki boshqa ko‘plab stimulyatorlar ham bor, shuningdek, shakar miqdori yuqori. Bularning barchasi bezovtalikni kuchaytiradi, kayfiyatni beqaror qiladi va oqibatda o‘z joniga qasd haqidagi fikrlarning paydo bo‘lishiga turtki berishi mumkin.