Bilim Hack

Angliyada ba’zan bunday “to‘lqin” g‘isht devorlarni ko‘rish mumkin. Sir oddiy geometriyada. Shu balandlikdagi to‘g‘ri de

Angliyada ba’zan bunday “to‘lqin” g‘isht devorlarni ko‘rish mumkin. Sir oddiy geometriyada. Shu balandlikdagi to‘g‘ri devorni odatda ikki qator qilib qo‘yish kerak bo‘ladi, aks holda u beqaror bo‘ladi. To‘lqinsimon shakl esa yoylar kabi ishlaydi, yukni teng tarqatadi. Shuning uchun bir qator g‘isht bilan ham devor mustahkam turadi va g‘isht kamroq ketadi. Bunday usul “crinkle-crankle wall” deb ataladi. Uni ko‘pincha bog‘larda qurishgan, chunki devor orasida o‘simliklar uchun iliq “cho‘ntaklar” hosil bo‘ladi.
← Назад