Kecha Shnobel mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi — bu mukofot eng g‘alati, ammo haqiqiy ilmiy kashfiyotlar uchu
Kecha Shnobel mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi — bu mukofot eng g‘alati, ammo haqiqiy ilmiy kashfiyotlar uchun beriladi.
Yilning asosiy laureatlari:
● Biologiya. Yapon olimlari zebra singari oq chiziqlar bilan bo‘yalgan sigirlarni pashshalar ancha kam chaqishini aniqladi. Kontrastli chiziqlar hasharotlarning ko‘rishini chalg‘itadi va hayvonga to‘g‘ri qo‘nishga xalaqit beradi. Bu usul insektitsidlarga ekologik muqobil bo‘lishi mumkin.
● Pediatriya. Ona sarimsoq iste’mol qilsa, ko‘krak suti ta’mi qanday o‘zgarishi va bu chaqaloqning emish paytidagi xulqiga ta’siri o‘rganildi. Ma’lum bo‘ldiki, sutda sarimsoq ta’mi sezilganda chaqaloqlar ko‘proq vaqt emishga moyil bo‘ladi.
● Aviatsiya. Spirtli ichimliklar ko‘rshapalaklarning parvozi va ekolokatsiyasiga qanday ta’sir qilishi tekshirildi. Achigan mevalarga to‘yib olgan ko‘rshapalaklar sekinroq uchdi va ekolokatsiya yordamida yo‘nalishni yomonroq aniqladi.
● Kimyo. Teflonni ovqat bilan birga iste’mol qilish vazn kamayishiga yordam berishi mumkinligi ko‘rsatildi. U kaloriya qo‘shmaydigan, ammo to‘qlik beradigan qo‘shimcha sifatida sichqonlarda sezilarli vazn yo‘qotishga olib keldi.
● Adabiyot. Olim Uilyam Bin 35 yil davomida o‘z tirnoqlarining o‘sish tezligini kuzatib, yozma ravishda qayd etib bordi.
● Fizika. Sous tayyorlashda kraxmal qo‘shish faza o‘tishiga sabab bo‘lishi va natijada bo‘lakchalar hosil bo‘lishi ilmiy asoslab berildi.
● Psixologiya. Odamga tez-tez “sen aqllisan” deb aytilsa, unda nartsissizm rivojlanishi va o‘zining betakrorligi haqidagi his uyg‘otilishi mumkin.
● Muhandislik dizayni. Eshik oldi uchun poyabzal hidini bartaraf etadigan maxsus tokcha ishlab chiqildi.
● Oziqlanish. “Kamalak agamasi” turidagi kaltakesaklar ov qilish o‘rniga odamlarning ovqat qoldiqlari bilan oziqlanishni afzal ko‘radi. Eng yoqtirgani — “to‘rt pishloqli” pitsa.
● Tinchlik mukofoti. Spirtli ichimlik iste’moli odamning chet tilida gapirish qobiliyatini yaxshilashi mumkinligi aniqlandi.