Allergiya bilan kurashishning yangi yo‘li topildi.
Allergiya bilan kurashishning yangi yo‘li topildi.
🔬 Kolorado universiteti olimlari 222 nanometrli ultrabinafsha nurni sinovdan o‘tkazishdi. Bu nur allergenlarni yo‘q qila olmaydi, chunki ular tirik emas. Lekin ularning tuzilishini o‘zgartirib, immun tizim “xavf” sifatida tanimasligini ta’minlaydi.
📉 Natija hayratlanarli: atigi yarim soatda havodagi allergenlar chorak qismga kamaygan. Eng muhim “mushuk allergeni” Fel d1 esa 40 daqiqada 61% ga qisqardi.
Bunday usul oddiy tozalash va filtratsiyaga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin. Kelajakda esa portativ qurilmalarga ham o‘rnatilib, chang, mog‘or va hayvon junidan himoya qilishda yordam berishi rejalashtirilmoqda.