Bilim Hack

Xitoy yosh STEM mutaxassislari uchun K vizasini ishga tushirmoqda

Xitoy yosh STEM mutaxassislari uchun K vizasini ishga tushirmoqda Asosiy ma’lumot 2025-yil 1-oktabrdan Xitoyda "K" vizasi ishlay boshlaydi. Maqsad — ilm-fan, muhandislik, IT va innovatsiyalar bilan shug‘ullanadigan yosh mutaxassislar uchun kirishni soddalashtirish. Bu vizadan kutilyotgani oddiy: tadqiqotlar, startaplar va akademik almashuvlarda qatnashish osonlashadi. "K" viza kim uchun to'g'ri kelar ekan? STEM yo‘nalishida o‘qigan bitiruvchilar va karyerasining boshidagi mutaxassislar. Agar diplom, loyiha tajribasi, maqolalar yoki amaliy ishlanmalar bo‘lsa, bu katta plius. Aniq mezonlar bosqichma-bosqich e’lon qilinadi, shuning uchun konsullik yangiliklarini kuzatib borgan ma’qul. "K" viza olgan odam qanaqa imkoniyatlarga ega bo'ladi? Kirishdagi qulayliklar va ilmiy hamda tadbirkorlik faoliyatida qonuniy ishtirok etish imkonlari. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ish taklifi shart emas. Biroq aniq talablar ariza topshiriladigan mamlakatdagi Xitoy konsulligi ro‘yxatlarida ko‘rsatiladi — shu joyda tekshirgan to‘g‘ri. O‘zbekiston fuqarolari uchun eslatma Xitoy bilan qisqa safarlar uchun vizasiz tartib amal qiladi. Turizm va qisqa ish uchrashuvlari odatda shu doirada. Ammo o‘qish, ish, ilmiy stajirovka va uzoq muddat qolish uchun alohida viza kerak bo‘ladi. K vizasi aynan shunday holatlar uchun mos kelishi mumkin. Hozirdan tayyorgarlik ro‘yxati • Diplom(lar) va ilovalar, kerak bo‘lsa tarjimalar. • STEM bilan bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi rezyume: loyihalar, maqolalar, tadqiqot guruhlaridagi rol. • OTM, ilmiy muassasa yoki kompaniyadan tavsiyanoma yoki tasdiq xatlari. • Ariza topshiriladigan joydagi Xitoy konsulligi saytini tekshiring: shakllar, muddatlar, hujjatlar ro‘yxati va yangiliklar. Batafsil ma'lumot: http://www.etaizhou.gov.cn/2025-09/10/c_1123801.htm
← Назад