Bilim Hack

Xitoydan yana bir yangilik

Xitoydan yana bir yangilik Xitoyda internetda “nola qilish” taqiqlanadi. 1-oktabrdan boshlab mamlakatda ikki oylik kampaniya boshlanadi: platformalar foydalanuvchilar ish, o‘qish haqida shikoyat qiladigan, tushkunlik bildiradigan yoki hayotning “mazmunsizligi” haqida yozadigan postlarni bloklashi shart bo‘ladi. Maqsad — jamoat maydonidan pessimizmni chiqarib tashlash va uni “ijobiy energiya” bilan almashtirish. Buning sababi — yoshlar orasida ishsizlikning ortishi, iqtisodiyotning sekinlashishi va aholida kuchayib borayotgan tushkunlik hissi. Vaziyat yomonlashgan sayin odamlar tarmoqlarda ish, narx-navolar, kelajak haqida ko‘proq shikoyat qilmoqda. Hokimiyat esa buni ijtimoiy barqarorlikka tahdid deb hisoblamoqda. Nimalar taqiqlanadi: — Shaxsiy shikoyatlar va nolalar. Masalan, “ish yaramaydi”, “o‘qish kerak emas”, “yana chidab bo‘lmayapti” kabi postlar; — Ochiq pessimizm. Boshqalarda “salbiy kayfiyat” uyg‘otadigan gaplar; — Umumiy tushkunlik ohangi. Masalan, “hayot mazmunsiz” yoki “kelajak yo‘q” degan jumlalar; — Ijtimoiy sezgir shikoyatlar. Ish topishdagi qiyinchiliklar, maktab yoki universitetdagi bosim va stress haqidagi postlar; — Charchash yoki depressiya haqida memlar tarqatish. Faqat ijobiy, neytral yoki ko‘ngilochar postlarga ruxsat beriladi.
← Назад