👓 Xitoyda keksa yoshdagilar uchun aqlli ko‘zoynak konsepti taqdim etildi
👓 Xitoyda keksa yoshdagilar uchun aqlli ko‘zoynak konsepti taqdim etildi
Xitoyning qadimiy zargarlik brendi Lao Feng Xiang Shanhayda keksa avlod uchun mo‘ljallangan aqlli ko‘zoynaklar konseptini namoyish etdi. Ular ByteDance (TikTok yaratuvchisi) tomonidan yaratilgan Doubao sun’iy intellekt platformasiga asoslangan.
📱 Nimalarni va’da qilmoqda:
• Menyular va dori ko‘rsatmalarini tarjima qiladi
• Dozalash va tarkib haqida ovozli tushuntirish beradi
• Ovozli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi
• Oddiy suhbatlarni yurita oladi
Sotuvlar sentyabr oyida boshlanishi kutilmoqda. Hozircha bu — konsept bosqichidagi mahsulot.
👴🏻 Kompaniya keksa yoshdagilar ehtiyojlariga mo‘ljallangan “kumush iqtisodiyot” bozoriga sarmoya kiritmoqda. Xitoyda 60 yoshdan oshgan aholining soni 300 milliondan ortiq.
🕰 Qiziq fakt: Lao Feng Xiang — Xitoyning eng qadimiy brendlaridan biri bo‘lib, 1848 yilda tashkil etilgan.