Izotonik ichimliklar: issiqda tanani qanday qo‘llab-quvvatlaydi
Izotonik ichimliklar: issiqda tanani qanday qo‘llab-quvvatlaydi
☀️ Jaziramada tana nafaqat suv, balki foydali tuzlarni ham yo‘qotadi — natriy, kaliy, magniy ter bilan chiqib ketadi. Bu esa holsizlik, bosh og‘rig‘i va hatto mushak tortishiga olib kelishi mumkin.
💧Izotonik ichimliklar — tananing suv-tuz muvozanatini tiklaydigan maxsus ichimliklardir.
Foydasi nimada?
— Chanqoqni tezda bosadi;
— Yurak va mushaklar uchun kerakli minerallarni qaytaradi;
— Issiqda diqqatni saqlash va bardoshlilikni oshiradi.
Qachon ichish kerak?
— Issiqda jismoniy harakatdan keyin;
— Suvsizlanish belgilari bo‘lsa (og‘iz qurishi, holsizlik, bosh og‘rishi);
— Ko‘p terlaganingizda — ayniqsa quyosh ostida yoki issiq xonada.
Uy sharoitida tayyorlash mumkinmi?
Albatta! Mana oddiy retsept:
1 litr suv
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq shakar yoki asal
Yarimta limon yoki apelsin sharbati
Aralashtiring — tayyor! Tabiiy, foydali va ortiqcha qo‘shimchalarsiz.
⚠️ Qachon ehtiyot bo‘lish kerak:
— Buyrak kasalliklarida — tuzlar buyrakka ortiqcha yuk bo‘ladi
— Yuqori bosim bo‘lsa — natriy bosimni oshirishi mumkin
— Qandli diabetda — ko‘plab izotoniklarda shakar bor
— Agar tanadan suyuqlik chiqmagan bo‘lsa — oddiy suv yetarli
— Ozish maqsadida bo‘lsangiz — kaloriya miqdoriga e’tibor bering
💡O‘zbekiston bozorida Isostar, Gatorade, OSHEE kabi izotoniklar mavjud. Ularni supermarket, dorixona yoki sport do‘konlaridan topish mumkin.