Aksolotllar insoniyatga rak va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishda yordam berishi mumkin
Aksolotllar insoniyatga rak va boshqa kasalliklarga qarshi kurashishda yordam berishi mumkin
Olimlar aniqlashicha, aksolotllarning shilliq qavati sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmagan holda rak hujayralarini yo‘q qiladi.
Aksolotllar nafaqat yoqimtoy ko‘rinishlari, balki noyob qobiliyatlari — oyoq-qo‘llari, yuragi va hattoki miyani ham qayta tiklay olish xususiyati bilan tanilgan.
Ularning tanasini qoplab turgan shilliq qatlamda antimikrob peptidlar mavjud. Bu peptidlar aksolotllarni infeksiyalardan himoya qiluvchi tug‘ma immunitet tarkibiy qismidir va hozirda antibiotiklarga muqobil sifatida o‘rganilmoqda.
Tadqiqotchilar aksolotllarga zarar yetkazmasdan, ularni yengil massaj qilish orqali shilliq moddasini yig‘ishdi. Natijada aniqlanishicha, ushbu peptidlar ayrim viruslar, antibiotiklarga chidamli bakteriyalar (masalan, Staphylococcus aureus — “oltin stafilokokk”) hamda ko‘krak bezi rak hujayralariga qarshi juda samarali. Eng muhimi — bu moddalar sog‘lom hujayralarga ta’sir qilmaydi.
Barcha tajribalar hayvonlarga zarar yetkazilmagan va ularni stressga solmagan holda o‘tkazilgan.
Endilikda olimlar aksolotllarning ushbu peptidlari asosida dori vositalari yaratishni rejalashtirmoqda.