Bilim Hack

Oddiy usul bilan farzandingizni fizika va texnikaga qiziqtiring

Avvalgi postimizda Evaptainers haqida gaplashgan edik — elektrsiz ishlaydigan sovutgichlar. Ularning ishlash prinsipi — bug‘lanish orqali sovutish. Suv bug‘lanayotganda, atrofdagi issiqlikni o‘ziga tortadi.

Aytganday, bu effektni uyda tajriba sifatida yasab qo’ishingiz mumkin. Juda oddiy usul bilan farzandingizni fizika va texnikaga qiziqtirish mumkin.

🔬 Tajriba uchun kerak bo‘ladi:

  • 2 ta emallanmagan, keramik gul idishi (kichikrog‘i kattasiga sig‘adigan bo‘lishi kerak) 
  • Qum 
  • Suv 
  • Nam mato yoki keramika qopqoq (ventilyatsiya uchun teshik bilan) 
  • Sabzavod (masalan, pomidor) 
  • Istasangiz — termometr ham foydali bo‘ladi 

📐 Qanday ishlaydi:

  1. Idishlar orasiga qum solamiz va suv quyamiz
  2. Ichkariga mahsulotni joylaymiz
  3. Boshidan ho‘l mato yopamiz va shamollatadigan joyga qo‘yamiz

💡 Bug‘lanish yuzasi katta bo‘lsa — sovutish kuchliroq bo‘ladi. Shu bois, faqat suv emas, balki havo oqimi (shabada, skvoznyak) ham juda muhim. 

📉 Natijada ichkaridagi harorat tashqi muhitga nisbatan 10–15°C ga pastroq bo‘lishi mumkin!

🧑‍🔬 Shu orqali siz nafaqat kichik sovutgich yasaysiz, balki tabiatdagi eng samarali sovitish mexanizmlaridan birini amalda ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

← Назад