Pullik kurslar qimmat bo'lsa, unda nima qilsa bo‘ladi?
Farzandim o‘rganmoqchi, lekin pullik kurslar qimmat — nima qilsa bo‘ladi?
Bugungi kunda bolani bir nechta mashg‘ulotga yozdirish qimmatga tushadi. Masalan: rasm chizish, ingliz tili va dasturlash kurslari — oyiga o‘rtacha 1,2 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu esa ko‘pchilik oilalar uchun og‘ir.
Shuning uchun biz muqobil variantlarni izladik. Va topdik.
Quyidagi platformalar bolalar uchun sinab ko‘rildi va tavsiya qilinadi:
🔹 Scratch (6–14 yosh) — bolalar uchun vizual dasturlash muhiti. https://scratch.mit.edu/saytida ishlaydi. Bola bloklar yordamida o‘yinlar, animatsiyalar va interaktiv hikoyalar yaratadi. Tilni o‘zgartirish mumkin, inglizcha bilmaslik muammo emas.
🔹 Khan Academy Kids (2–7 yosh) — veb-sayt va mobil ilova, ertaklar, o‘yinlar, mantiqiy topshiriqlar. Ingliz tilida, lekin ovozli interfeys orqali bolalar bemalol o‘rganadi.
🔹 Code.org (5–16 yosh) — veb-sayt, o‘yin shaklidagi dasturlash kurslari. Scratch uslubida, ko‘rsatmalar ingliz tilida, lekin grafik interfeys qulay.
🔹 Pixar in a Box (10+ yosh) — multfilm va 3D animatsiya asoslari. Bu kurs ilmiy yondashuv bilan animatsiya, geometriya, fizika va san’atni qanday birlashtirishni ko‘rsatadi. Khan Academy’dagi ingliz tilidagi kurs, ijodiy va qiziquvchan bolalar uchun.
🔹 Duolingo (6+ yosh) — ingliz, ispan, fransuz va boshqa tillarni o‘yin tarzida o‘rgatuvchi ilova. Kundalik qisqa mashqlar, vizual topshiriqlar va ovozli mashg‘ulotlar orqali tilni mustahkamlashga yordam beradi. https://duolingo.com/
🔹 Busuu (10+ yosh) — ingliz tilini va boshqa chet tillarini bosqichma-bosqich o‘rgatadi. Darslar dialog asosida qurilgan, talaffuz va eshitish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ba’zi funksiyalari pullik, lekin asosiy kurslar bepul.