Nega bolalar onlayn kurslarga zo‘r qiziqib kirishadi-yu, keyin darrov charchab qolishadi?
Nega bolalar onlayn kurslarga zo‘r qiziqib kirishadi-yu, keyin darrov charchab qolishadi?
Birinchi haftada ishtiyoq baland bo‘ladi. Har bir topshiriq — go‘yoki yangi sarguzasht. Bola o‘tirib o‘rganadi, bosib ko‘radi, sinaydi. Lekin oradan ko‘p o‘tmay… o‘sha ishtiyoq sekin-so‘kin so‘na boshlaydi.
Shunaqa o‘zgarishlar sababi nima ekanligini bilasizmi?
🔸 Yonida yo‘l ko‘rsatadigan odam yo‘q. Yosh bola uchun bu juda muhim. Bolani yonida ustoz yoki ota-ona bo‘lmasa, u juda tez yo‘ldan adashib qolishi mumkin. Qayerdan boshlashni, qachon to‘xtamaslik kerakligini o‘zi anglab yetolmaydi. Ayniqsa mavzular murakkablasha boshlasa — tushunmagan joy ortidan qiziqish ham yo‘qoladi.
🔸 Bolaning e’tibori tez chalg‘iydi. Har qanday tovush, ekran, hatto o‘zi o‘ylagan fikr uni darsdan chalg‘itishi mumkin. Fokusni ushlab turish oson emas — hatto kattalar uchun ham.
Bu muammo bilan qanday kurashish mumkinligi haqida biz avvalgi postda yozganmiz
🔸 Muhit yo‘q. O‘rganilgan narsani kim bilandir baham ko‘rish — bu ham rivoj. Lekin onlayn o‘qishda bolaning yonida tengdoshlari yo‘q, kimdir “ha, zo‘r qilibsan!” deb aytmaydi. Baham ko‘rish, raqobat qilish, o‘zini boshqalar bilan solishtirish — bularning yo‘qligi bolaning motivatsiyasini so‘ndirishga olib keladi.
Shuning uchun imkon bo‘lsa, qarindoshlar orasidan yoki yaqin do‘stlaringiz oilasidan bolaga tengdosh toping. Ular bir xil kursni o‘tsa, bir-biriga nima o‘rganayotganini ko‘rsatadi, qiyin joylarda yordam beradi. Eng muhimi — bola yolg‘iz emasligini his qiladi.
Xo‘sh, unda nima qilish mumkin? Qanday qilib bu ishtiyoqni saqlab qolamiz?
🔹 Har kuni dars uchun aniq vaqt belgilang. Bu odatga aylansin.
🔹 Bola o‘tirganida yonida bo‘ling — hattoki “nima o‘rganayapsan?” degan savolning o‘zi katta yordam.
🔹 O‘rgangan narsasini kichik loyiha shaklida mustahkamlashga yordam bering — masalan, Scratch’da o‘yin tuzsin.
🔹 Harakatini e’tiborsiz qoldirmang. “Zo‘r urinibsan” degan oddiy so‘z — eng katta mukofot.