Xitoyda shifoxonalarda navbat yo‘q — sababi nima?
Xitoyda shifoxonalarda navbat yo‘q — sababi nima?
Shifoxona, navbat yo‘q, tashxisni sun’iy intellekt qo‘yadi, dori-darmonlarni esa robotlar olib keladi — bular endi fantastika emas. Xitoyda bunday shifoxonalar allaqachon ishga tushgan.
Masalan, Guanchjou shahridagi shifoxonada retseptlar sun’iy intellekt orqali tekshiriladi: dozasi to‘g‘rimi, dorilar bir-biriga zid emasmi — hammasi avtomatik nazorat qilinadi. Keyin robotlar dorilarni yig‘ib, relslar orqali kerakli joyga yetkazadi. Ular kuniga 1000 martagacha yetkazib berishadi — jimjit va aniq.
Shenchjendagi katta shifoxonalarning deyarli barchasi avtomatlashtirilgan. U yerda yuzlab sun’iy intellekt asosidagi tizimlar ishlatiladi: tashxis, logistika, endoskop tozalash, hatto akupunktura robotlari ham bor.
👉 Ko‘plab Xitoy shifoxonalarida quyidagilar ishlatilmoqda:
— virtual “shifokor” va “hamshiralar” — to‘liq raqamli maslahatlar
— UV nurlari bilan dezinfeksiya qiluvchi robotlar
— avtomatlashtirilgan dorixonalar — dorilarni robotlar yig‘adi
— AI diagnostika: pnevmoniya, saraton va insultni aniq aniqlaydi
— logistika robotlari: ovqat, kiyim va tibbiy asboblarni yetkazadi
Texnologiyalar shifokor o‘rnini bosmaydi. Ular tibbiyotni tezroq, aniqroq va xavfsizroq qiladi.
Avtomatlashtirishning asl maqsadi ham shu: odam muhim ish bilan shug‘ullansin, qolganini esa mashinalar bajarsin.