Yoz — bu orqada qolgan mavzularni quvib yetish vaqti.
Yoz — bu orqada qolgan mavzularni quvib yetish vaqti.
Agar farzandingiz yillik bahodan norozi bo‘lsa — unga yangi imkoniyat yarating. Endi darslar o‘zbek tilida va tushunarli shaklda.
📚 Khan Academy platformasida endi maktab fanlari bo‘yicha to‘liq o‘zbek tilidagi bo‘lim mavjud. Bu — video darslar, tushuntirishlar, mashqlar va testlar jamlangan bepul manba.
👉 Sayt: uz.khanacademy.org
Har bir mavzu quyidagilardan iborat:
- Jonli misollar bilan tushuntirilgan video
- Soddalashtirilgan tushuntirish
- Mashq va testlar orqali mustahkamlash
Khan Academy saytida nimani o‘rganish mumkin?
Matematika:
- Boshlang‘ich matematika
- Arifmetika
- Boshlangʻich algebra
- Algebra
Geometriya asoslari
- Geometriya
- Trigonometriya
- Matematik analiz asoslari
- Chiziqli algebra
Tabiiy fanlar:
- Biologiya
- Kimyo
- Organik kimyo
- Fizika
- Yuqori sinf biologiyasi
- Astronomiya
Bu bepul kurslar kim uchun foydali?
- 6–11-sinf o‘quvchilari uchun
- Farzandini o‘zi tayyorlayotgan ota-onalar uchun
- O‘qituvchilar va repetitorlar uchun
- Mustaqil o‘rganishni istagan yoshlar uchun
Nega bu muhim:
✅ O‘zbek tilida — til to‘sig‘i yo‘q
✅ Har qanday murakkab mavzuni mustaqil takrorlash mumkin
✅ Darslar bosqichma-bosqich va tushunarli misollar bilan
✅ Barchasi mutlaqo bepul — na dars, na test, na mashqlar uchun to‘lov yo‘q