Bilim Hack

Ma’lum bo‘lishicha, yosh o‘tgan sayin vaqt haqiqatan ham tezroq o‘tadigandek tuyuladi — olimlar buni ilmiy jihatdan isbo

Ma’lum bo‘lishicha, yosh o‘tgan sayin vaqt haqiqatan ham tezroq o‘tadigandek tuyuladi — olimlar buni ilmiy jihatdan isbotlashgan. Kattalarda neyron yo‘llar cho‘zilib, signallar sekinroq harakatlana boshlaydi. Bu miyadagi voqealarni qabul qilish chastotasini pasaytiradi va kunlar qisqargandek tuyuladi — xuddi "sekundiga kadrlar soni" kamaygandek. Bolalikda esa miya yangi taassurotlar va hodisalarga to‘la bo‘ladi. Har bir yangi voqea vaqtni cho‘zadi, kun uzoqroq tuyuladi. Kattalarda yangilik kamroq bo‘lganidan, ular tanish odatlarni takrorlayveradi — shuning uchun vaqt qisqaroq o‘tadi. Bundan tashqari, uyquning yetishmasligi ham neyron jarayonlarni sekinlashtiradi, miyada saqlanadigan lahzalar sonini kamaytiradi. Kamroq xotira — demak, vaqt tezroq o‘tgandek bo‘ladi. Katta yoshga kirganimiz sari hayot ishlar bilan to‘ladi, kunlar bir xil o‘taveradi — va birdan qarasak, yozning yarmi, 2025-yilning yarmi allaqachon o‘tib ketgan bo‘ladi. Endi esa 2050-yil 2000-yildan yaqinroq ko‘rinadi. Vaqtni “cho‘zish” uchun olimlar miyaga yangi faolliklar berishni tavsiya qilishadi — hatto kichik bo‘lsa ham. Masalan, odatdagi yurish yo‘nalishini o‘zgartirish, yangi joylarga borish yoki nimanidir o‘rganish — bularning barchasi miyani hozirgi lahzaga qaytaradi.
← Назад