Bilim Hack

Xitoy tilini o‘rganmoqchimisiz? Hello Chinese ilovasini sinab ko‘ring

Xitoy tilini o‘rganmoqchimisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Unda Hello Chinese ilovasini sinab ko‘ring. Bu yangi boshlayotganlar uchun eng yaxshi variantlardan biri. Ilova xitoy tilini noldan boshlab o‘rganishga yordam beradi. Faqat so‘zlarni yodlash emas, gapirish, tinglab tushunish va xat yozish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.

Metodika Duolingo’ga o‘xshaydi, lekin aynan xitoy tili uchun yaratilgan.

Ilovada nimalar bor:

  • Qisqa va interaktiv darslar
  • Tovushni tanish funksiyasi - talaffuzni mashq qilish mumkin
  • Qo‘lda yozish mashqlari
  • Qadam-baqadam tushuntirilgan grammatika
  • So‘zlarni yodlab olishni osonlashtiradigan mashqlar mavjud

Ilova Android va iPhone’da ishlaydi.

Asosiy kurs bepul.

← Назад