Bilim Hack

O‘zbekistonda firibgarlikdan saqlanish xaqidagi sayt ishga tushdi

❗️O‘zbekistonda firibgarlikni aniqlash va undan saqlanishga yordam beradigan maxsus sayt ishga tushdi

stop-moshennik.uz — bu TBC Bank Uzbekistan tashabbusi asosida, IIV va Kiberxavfsizlik agentligi ko‘magida yaratilgan loyiha. Maqsad — odamlarni firibgarlik sxemalari bilan tanishtirish va qanday himoyalanishni o‘rgatish.

Saytda quyidagilar bor:
🔹 Eng ko‘p uchraydigan firibgarlik usullari — “bankdan qo‘ng‘iroq”, soxta saytlar va boshqalar
🔹 Firibgarlar ishlatadigan haqiqiy telefon raqamlari va saytlar
🔹 Himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar
🔹 Shikoyat yuborish imkoniyati

Agar yaqinlaringiz shubhali qo‘ng‘iroqlarni tez-tez olsa — ularga shu saytni ko‘rsating. Soddaligi va misollar bilan tushuntirilgani bilan foydalidir.

← Назад